Kante "Chelsi"da qoladi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi N'Golo Kante o‘zining kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi. Bu haqda Le 10 Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha PSJ va "Real" Madrid klublarining jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘layotgan 27 yoshli frantsiyalik futbolchi "Stemford Brij"da qolib “aristokratlar” safidagi faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Kante o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 48ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar