Kante "Chelsi"ning taklifini qabul qilishga rozi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi N'Golo Kante rahbariyatning jamoa bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasidagi taklifi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.
Berilgan xabarlarga qaraganda 27 yoshli frantsiyalik futbolchi “aristokratlar”ning ayni damdagi maoshidan 2 barobar ko‘p to‘lab, uni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirish haqidagi taklifidan so‘ng kelishuvni uzaytirishga rozilik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Kanteni sotib olishga PSJ jiddiy kurash olib borayotgan edi.
Fikrlar