Karlus Keyrush: Bugun chiroyli o‘yin bo‘ldi

  • 11 sentabr, 2018, 22:15
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor hozirgina poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda O‘zbekiston hamda Eron (0:1) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.

Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Karlus Keyrush ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugun juda ham chiroyli o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Ikkala jamoani bunday o‘yin bilan tabriklayman.

Bugungi o‘yindagi natija muhim emas edi. Shunga qaramay o‘yin juda ham qiziqarli bo‘ldi. Bu o‘yin Osiyo kubogiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Osiyo kubogida natija ko‘rsatish maslasi juda murakkabdir. Osiyodagi ko‘plab jamoalar Osiyoda chempion bo‘lishni xoxlashadi. Bu juda qiyin jarayon. Kelajagim xaqida gapirsam men hali ham shartnoma imzolaganim yo‘q. Kutish jarayonidaman.

Jahon chempionatidan oldin taktikamiz boshqacha edi. JChdan so‘ng biz taktikani o‘zgartirdik. Chunki Osiyo kubogi va JCh turli xildagi musobaqa hisoblanadi. Biz bu o‘yinda yoshlarga imkoniyat berdik.

Bu jamoaning kelajakda muvaffaqiyat qozonishi uchun imkoniyat bor. Asta-sekinlik bilan jamoa kuchayib boradi. Ektor Kuper jamoani qabul qilib olganiga bir oy bo‘ldi. Siz murabbiyga ishonishingiz kerak. Sekin-sekin jamoangiz o‘sishni boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!