Kepa Arrisabalaga: Sarri borasida Reyna bilan suhbatlashganman
"Chelsi" klubi yangi darvozaboni Kepa Arrisabalaga jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarri haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Mauritsio Sarri boshchiligida yaxshi tajriba ortirishimga umid qilaman. "Napoli" darvozasini himoya qilgan Pepe Reynadan Sarri haqida so‘raganman, Pepe murabbiy haqida ajoyib so‘zlarni aytib o‘tgandi. Sarrining uslubi Ispaniyadagidan farq qilmasligimdan xabarim bor. Bunday jamoaga moslashib olishim men uchun muammo tug‘dirmaydi.
Shuni ta’kidlashim joizki, 7 yil davomida katta musobaqalarda g‘alaba qozonishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman. Bir necha yildan so‘ng ortimga yuzlanib, "Chelsi" tarkibiga o‘tganimdan faxrlanaman degan umiddaman, - dedi Kepa "ko‘klar" rasmiy veb-saytiga bergan intervyusida.
Fikrlar