
Kexill qishda "Chelsi"dan ketmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Gari Kexill qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli angliyalik futbolchi “aristokratlar” zaxirasida qolib ketish niyatida emas va shu bois yanvarda o‘ziga nisbatan bo‘layotgan barcha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda Kexillga asosiy da’vogar sifatida Turkiyaning “Galatasaroy” klubi e’tirof etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mauritsio Sarri “Chelsi” boshqaruvini o‘z qo‘liga olgandan buyon Kexill birorta ham o‘yinda ishtirok etmadi.
Fikrlar