
Keylor Navas: Karim – biz uchun juda muhim futbolchi
Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylor Navas kecha Ispaniya kubogi chorak final javob bahsida "Jirona" (3:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoadoshi Karim Benzema haqida gapirib o‘tdi.
“Karim – biz uchun juda muhim futbolchi. Biz hamisha uni himoya qilamiz, chunki uning nimalarga qodirligini bilamiz. Benzemaning ko‘rsatayotgan o‘yinlari barchamizni to‘liq qanoatlantiryapti”, - deydi kosta-rikalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik futbolchi kechagi bahsda dubl qayd etdi.
Fikrlar