Klopp: So‘nggi bor 14 yil oldin maydonda yugurgandim

  • 5 dekabr, 2018, 17:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning o‘tgan turida “Everton”ga (1:0) qarshi bahsning so‘nggi daqiqasida kiritilgan goldan so‘ng maydonga tushib yugurgan va buning ortidan Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan 8 ming funt jarimaga tortilgan edi.

Tecno

“Men jazodan qutulib qololmayman, bu oddiy hol. Men so‘nggi marta bundan 14 yil muqaddam maydonga yugurgan edim. Hozir u qadar tezkorligim qolmabdi.

Bu borada menda muammo yo‘q, men jarimani to‘layman. Biz hammamiz xato qilamiz. Men qilgan xatolarimdan xulosa chiqarishni xohlayman. Juda bo‘lmaganda men bunday ishni endi yaqin orada qilmayman.

Bunday holatlar kamdan-kam uchraydi. Agar qoidalar bo‘lmaganida, zaxira o‘rindig‘idagi murabbiylar har doim maydonga yugurib chiqishgan bo‘lardi. Bu esa judayam g‘alati ko‘rinardi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!