Klublar o‘rtasidagi JChda qatnashadigan ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Shu yilning 6-16 dekabr kunlari BAAda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Hozirga qadar mazkur musobaqada ikkii jamoaning ishtirok etishi aniq bo‘lib ulgurdi.

Tecno

O‘tgan xafta KONKAKAF Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tdi. Unda Meksikaning ikki jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. “Pachuka” jamoasi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Tigres”ni mag‘lub etdi va avtomatik tarzda klublar o‘rtasidagi JChga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, turnir BAAda bo‘lib o‘tadi va mazkur mamlakat chempioni ham klublar o‘rtasidagi mundial ishtirokchisiga aylanadi. BAA chempionatida esa o‘tgan hafta 24-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Al-Jazira” safarda “Xatta”ni mag‘lub(5:0) etdi va muddatidan oldin mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi xamda klublar o‘rtasidagi JChda qatnashadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!