
Kovach Sansheshni "Bavariya"da olib qolmoqchi
Xabaringiz bor bundan avvaoroq PSJ klubi "Bavariya" xavbeki Renatu Sansheshga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq, myunxenliklar ustozi Niko Kovach portugaliyalik futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas va mavsumning ikkinchi qismida uning xizmatlaridan foydalanmoqchi.
Ma’lumot uchun, Sanshesh joriy mavsum “Bavariya” safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, parijliklarda aynan yarim himoya chizig‘ida jiddiy yo‘qotishlar bor. Masalan, Marko Verratti jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan bo‘lsa, Adrian Rabo shartnomani uzaytirishni xohlamagani sabab o‘rinbosarlar tarkibiga badarg‘a qilindi.
Fikrlar