Kovachich "Chelsi"ga o‘tgach: Bu erda eng zo‘r o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman
Kuni kecha "Chelsi"ga ko‘chib o‘tgan xorvatiyalik yarim himoyachi Mateo Kovachich bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Chelsi”da ekanimdan juda ham xursandman. Bu ajoyib tuyg‘u. Bu erda eng zo‘r o‘yinimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Bu men uchun yangi chempionat va tabiiyki boshida menga qiyin bo‘ladi. Lekin, yangi jamoadoshlarim menga bu borada yordam berishadi deb ishonaman. Mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutyapman”, - deydi Kovachich.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi “aristokratlar” safiga ijara asosida kelib qo‘shildi.



Fikrlar