"Kristal Pelas" hujumchisi operatsiya qilindi
Londonning "Kristal Pelas" klubi hujumchisi Kristian Benteke tizzasidan operatsiya qilindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, oddiy muolajalar samara bermagach, shifokorlar ushbu muammoni jarrohlik yo‘li bilan davolashga qaror qilishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli kechgan. Klubdagilar esa Bentekening tezroq safga qaytishiga umid qilishmoqda.

Fikrlar