Kuper tarkibni e’lon qildi. Yig‘inga chaqirilgan legionerlar qaerda?

  • 22 avgust, 2018, 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig‘inga kirishdi.

Tecno

E’tiborlisi, argentinalik mutaxassis dastlabki yig‘in uchun e’lon qilgan tarkibida xorij chempionatlarida to‘p surayotgan legionerlarimizning ham nomlarini ko‘rish mumkin. Vitaliy Denisov (Krilya Sovetov), Shohruh Gadoev (Tedjon Sitizen, J.Koreya), Odil Ahmedov (Shanxay SIPG), Otabek Shukurov (Sharja, BAA), Eldor Shomurodov (Rostov) va Sanjar Tursunovlar (Tedjon Sitizen, J.Koreya) shular jumlasidandir.

Biroq, hozircha ushbu legionerlarimizdan qay birlari bugungi yig‘inga etib kelganliklari haqida ma’lumot berilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, kecha “Lokomotiv” Vitaliy Denisovni yil oxirigacha Samaraning “Krilya Sovetov” jamoasiga ijaraga berib yuborgani haqida xabar bergan edik.

O‘z navbatida samaraliklar direktori Aleksandr Shikunov hamyurtimizning ertaga jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishi haqida aytib o‘tgan edi.

“Bugun kechga yaqin u safimizga etib keladi va ertadan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi”, - degan edi Shikunov.

Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki Denisov terma jamoa yig‘iniga hali etib kelmagan.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Toshkentda ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Futbolchilarimiz 6 sentyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi, 11 sentyabrda esa Eronga qarshi maydonga tushishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!