Kurtua, Beyl, Kroos va Asensio mashg‘ulotlarga kirishdi, ammo...

  • 15 yanvar, 2019, 14:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi jarohatlangan futbolchilari haqida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra Tibo Kurtua, Markos Lorente, Toni Kroos, Marko Asensio va Garet Beyl kabi futbolilar mashg‘ulotlarni boshlab yuborishgan. Ammo, ularning bo‘lajak o‘yinlarga qadar to‘liq tiklanib olishlari noma’lumligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” ertaga Ispaniya Kubogi doirasida “Leganes”ga qarshi bahs olib boradi. Keyin esa 19 yanvar kuni La Liganing 20-turida doirasida o‘z maydonida “Sevilya”ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!