Kurtua nega "Real"dan kechirim so‘radi?

  • 11.08.2018 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid klubi darvozaboni Tibo Kurtua o‘z vaqtida “qirollik klubi” sha’niga nomaqbul so‘zlar aytgani uchun kechirim so‘radi.

Eslatib o‘tish lozimki, 2013 yil Ispaniya kubogi finalida “Real” mag‘lub etilgach, o‘sha paytda “Atletiko” posboni hisoblangan Kurtua o‘yindan so‘ng hamshahar jamoani kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgan edi.

“O‘sha paytda juda yosh edim. Hozir buning uchun faqat kechirim so‘ray olaman. Bu yoshlikdagi bir e’tiborsizlik edi. Endi “Real” uchun borimni berib harakat qilaman”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!