La Liga. Asensioning yagona goli "Real"ga 3 ochko taqdim etdi
Xabaringiz bor kecha Ispaniya La Ligasining 5-turida "Real" o‘z maydonida “Espanol”ni qabul qildi.
Shiddatli kechgan bahsda 1:0 hisobida “qirollik klubi”ning qo‘li baland keldi. Uchrashuvdagi yagona golga Marko Asenso mualliflik qildi.
"Real" – "Espanol" – 1:0
Gol: Asensio, 41.
"Real": Kurtua, Odriosola, Varan, Ramos, Nacho, Kazemiro, Modrich, Sebalos (Vaskes, 63), Isko (Lorente, 79), Asensio, Benzema (Mariano, 60).
"Espanol": Diego Lopes, Xavi Lopes, Naldo, Ermoso, Vila, Darder (Sanches, 55), Roka, Granero, Iglesias, Peres (Garsiya, 70), Pyatti (Baptistau, 55).

Fikrlar