La Liga. “Real” safarda g‘alaba qozondi va peshqadamlikni qaytardi

  • 12 fevral, 2017, 08:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionati 22-turida “Osasuna” jamoasi o‘z maydonida Madridning “Real” futbolchilarini qabul qildi.

Tecno

Anchagina murosasiz kechgan o‘yinda madridliklar 3:1 hisobida zafar quchdi. “Real” safida gollarga Ronaldu, Isko va Lukas Vaskes mualliflik qildi. “Osasuna”dan Leon gol muallifi bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Real” ochkolari sonini 49 taga etkazib, peshqadamlikni qaytarib oldi. Zinezidn Zidan shogirdlari hisobida yana ikkita zaxira o‘yini bor.

Osasuna – Real Madrid 1:3

Gollar: 0:1 – 24 Ronaldu, 1:1 – 33 Leon, 1:2 – 62 Isko, 1:3 – 90 Lukas Vaskes.

Osasuna – Sirigu, Fuentes (Klerk, 53), Vuyadinovich, Bonnin (Garsiya Subiriya, 15), Berenger, Sanxurxo, Tensa (Loe, 61), Chaushich, Romero, River, Leon.

Real Madrid –Navas, Danilo (Xames, 57), Varan, Nacho, Ramos, Kazemiro, Modrich, Isko (Kovachich, 88), Marselo, Ronaldu, Benzema (Vaskes, 72).

Ogohlantirishlar: Fuentes (10), Modrich (28), Tensa (37), Xames (61).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!