
La Liga. Suaresning goli "Vilyarreal"ni mag‘lub etish uchun etarli bo‘ldi
Vilyarreal shahridagi «Keramika — El-Madrigal» stadionida kechgan bellashuvda mehmonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 53-daqiqada Leonardo Suares tomonidan kiritildi. "Valyadolid" bugungi g‘alabadan so‘ng o‘z hisobidagi ochkolari sonini 9 taga etkazib oldi va turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
"Vilyarreal" esa 8 ochko bilan 11-pog‘onada ketmoqda.
Fikrlar