
Legionerlar. Shavkat Salomov “Atirau”ning o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi
Bir necha kun oldin aytib o‘tganimizdek, kecha Turkiyada “Atirau” – “Orenburg” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Rossiyaliklar tarkibida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Vadim Afonin to‘p tepgan bo‘lsa, qozog‘istonliklar safida Shavkat Salomov harakat qildi.
Mazkur bellashuv 2:0 hisobida “Orenburg” foydasiga hal bo‘lgani va uchrashuvda ikkinchi golni Afonin kiritganini xabar berib o‘tgandik.
“Atirau” tarkibida zaxiradan Shavkat Salomov maydonga tushdi. U bir necha kun “Buxoro”da o‘z formasini ushlab turgani borasida ma’lum qilgandik. Shundan so‘ng Salomov Toshkentda shug‘ullanganidan so‘ng “Atirau”ning Turkiyadagi yig‘iniga borib qo‘shildi.
Fikrlar