
Legionerlarimiz. Tolipovning jamoasi OFK kubogini omadsiz tarzda boshladi
Hamyurtimiz Temur Tolipov faoliyat olib boradigan Qirg‘izistonning "Oloy" jamoasi bu bosqichda Turkmanistonning "Ahal" klubi bilan kuch sinashdi. Osh shahrida kechgan dastlabki uchrashuvda turkmanlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Tolipov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Endi javob bahsi bir haftadan so‘ng Turkmanistonda o‘tadi. Ushbu qarama-qarshilikda g‘olib chiqqan jamoa esa saralashning pley-off bosqichida Tojikistonning "Xo‘jand" klubi bilan kuch sinashadi.
OFK kubogi. 1-saralash bosqichi
"Oloy" (Qirg‘iziston) - "Ahal" (Turkmaniston) 1:2
Gollar: Eldiyor Sardorbekov (35) - Abdu Bashimov (20, 39).
Fikrlar