
"Liverpul" Karius va Minoleni sotib yubormoqchi
"Liverpul" klubi yozgi transferlar mavsumida ikki darvozaboni Loris Karius va Simon Minoleni sotishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq ingliz klubi rekord mablag‘ evaziga "Roma" posboni Alisonni xarid qilgan edi. "Qizillar" ustozi Yurgen Klopp so‘zlariga ko‘ra, 25 yoshli braziliyalik futbolchi yangi mavsumda jamoaning asosiy darvozaboni bo‘ladi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Kariusga yozda Bernd Lenoni "Arsenal"ga sotib yuborgan "Bayer" qiziqish bildirmoqda.
Agar "Liverpul" ularni sotadigan bo‘lsa, o‘rniga yangi futbolchilar olib kelmoqchi emas va yosh futbolchilar Kamil Grabar va Kaoymin Kellexerga ishonch bildirmoqchi.
Fikrlar