
"Liverpul" darvozaboni qishda jamoasini o‘zgartirishi mumkin
"Liverpul" klubi darvozaboni Simon Minolening agenti Tonchi Martichning so‘zlariga ko‘ra uning mijozi qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
“Minole yozda “Napoli”ga o‘tishi mumkin edi. Kelishuvga juda oz qolgan edi, ammo, yakunda ular Ospinani tanlashdi. Endi yanvarda nimadir bo‘lishi mumkin”, - deydi agent.
Eslatib o‘tamiz, Alisson “Liverpul”ga kelgach, 30 yoshli belgiyalik posbon butkul zaxiraga mixlanib qoldi. U joriy mavsum mersisaydliklar safida bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 2ta to‘p o‘tkazib yubordi.
Fikrlar