
"Liverpul" etakchilari safga qaytishdi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh terma jamoadan qaytib, mersisaydliklar safida mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Bundan tashqari shuningdek himoyachi Virgil van Deyk ham Gollandiya terma jamoasidan qaytib kelgan hamda Germaniya terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan.
Endi Saloh ham van Deyk ham APLning 9-turida "Xaddersfild"ga qarshi bahsda “Liverpul”ga yordam bera oladi.
Fikrlar