“Lokomotiv” OChL-2019 uchun akkreditatsiya jarayonini boshladi

  • 15 fevral, 2019, 18:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati jurnalistlarni Osiyo Chempionlar Ligasi bahslari uchun akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonini boshlaganini ma’lum qiladi.

Tecno

O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibi hisoblangan “Lokomotiv” bu mavsum Osiyo Chempionlar Ligasi “B” guruhida ishtirok etadi. “Lokomotiv”ning uy uchrashuvlarida o‘yinoldi va o‘yindan keyingi matbuot anjumanlari, media-tribuna, matbuot markazi, mikst-hudud hamda darvozalar ortiga (suratkashlar uchun) o‘tib borish huquqini beradigan ruxsatnoma kartochkalarini olish uchun jurnalistlardan arizalar 15 fevraldan 25 fevralga qadar qabul qilinadi.

Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari “Lokomotiv” PFK matbuot xizmatiga o‘z tashkilotlari rahbari nomidan akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun xat, 3x4 hajmdagi fotosurat, pasportdan nusxa taqdim etishlari so‘raladi. Hujjatlar lokomedia@mail.ru elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!