“Lokomotiv” antirekordni takrorladi

  • 7 noyabr, 2018, 08:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionlar ligasi 4-turida Moskvaning “Lokomotiv” klubi safarda “Portu” mehmoni bo‘ldi. “Dragau” stadionida kechgan bellashuvda maydon egalari 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

“Temiryo‘lchilar” guruh bosqichidagi barcha 4 o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va pley-offga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Jamoa Rossiya klublarining EChLdagi antirekordini takrorladi.

2002/03 yilgi mavsumda “Spartak” dastlab 4 o‘yinda mag‘lub bo‘lgandi – “Liverpul” (0:5, 1:3), “Bazel” (0:2) va “Valensiya” (0:3).

“Lokomotiv” uchinchi o‘rin bilan faqatgina Evropa Ligasiga yo‘llanma olish imkoniyatini o‘zida saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!