“Lokomotiv” va “Paxtakor” bugungi bahsga qay holatda etib keldi?

  • 21 sentabr, 2017, 14:43
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yana bir necha soatlardan so‘ng “Lokomotiv” – “Bunyodkor” qarama-qarshiligi boshlanadi. Ushbu bellashuv 18:00da start oladi.

Tecno

Mazkur bahs oldidan har ikki klub imkoniyatlarini chamalab ko‘ramiz.

Bu o‘yinga “Lokomotiv” 3 ta yo‘qotish bilan etib keldi. oliy liga-2017 to‘purari Marat Bikmaev sariq kartochkalari soni 4taga etgani uchun bugungi bellashuvni o‘tkazib yuboradi. Shuhrat Muhammadiev va Sadriddin Abdullaev esa jarohat sabab “temiryo‘lchilar”ga yordam bera olishmaydi. Shota Arveladze jamoasida bunday muammo yo‘q.

Andrey Miklyaev shogirdlari ayni paytda 45 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib borayotgan bo‘lsa, “sherlar” ulardan 10 ochko kam jamg‘arib 4-pog‘onani band etishgan.

Oldingi turda “temiryo‘lchilar” Qarshidan boshlari egik holda qaytishga majbur bo‘lishdi – 0:2. “Paxtakor” esa o‘z uyida “Sho‘rtan” ustidan oshonchli g‘alabani tan’tana qildi – 3:0.

Bugun “Loko” va “Paxtakor” shunchaki 3 ochko uchun kurashadi. Oliy liga yakuniga hali ancha vaqt bo‘lsada, “temiryo‘lchilar” chempion masalasini ertaroq hal qilib, engil tin olishga harakat qilishadi. Chunki kutilmaganda ochkolarni boy berib qo‘yadigan holatlar bu mavsum ko‘payib ketmoqda. “Sherlar” esa OChL yo‘llanmasi uchun yuqori o‘rinlarni egallashga intiladi. Shunday ekan bugun har ikki jamoaga ham g‘alaba zarur. Ammo 3 ochko kimga nasib etadi buni vaqt ko‘rsatadi. Shuningdek, klublar murosa ko‘chasini tanlashlari ham mumkin.

SPORTS.uz taxmini: 55% - 45%. Ammo “Paxtakor” bitta to‘p farqi bilan zafar quchishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!