
Lopetegi: Keylor Navas ajoyib o‘ynamoqda
"Jamoaviy o‘yin natija ko‘rsatdi. Men o‘z futbolchilarimning irodasidan mamnunman. Uchrashuv qiyin o‘tdi, ammo biz yaxshi futbol o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik.
Darvozabonlar masalasida vaziyatga qarab ish tutamiz. Menda uchta yaxshi darvozabon bor. "Jirona"ga qarshi o‘yinda Keylor Navas ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Nima bo‘lishini kuzatamiz. Darvozabonlar masalasida menda yaxshi g‘oyalar bor, ammo buni ayta olmayman.
Varan va Modrich mashg‘ulotlarda yaxshi harakat qilishdi. Bizda zaxira variantlari ham bor va raqobat jamoa uchun yaxshi", - dedi Lopetegi.
Fikrlar