Lopetegi Ronalduni “Real”da qolishga ko‘ndira olmadi

  • 10 iyul, 2018, 17:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi hujumchi Krishtianu Ronalduni jamoada olib qolishni istamoqda.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Lopetegi portugaliyalik futbolchiga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, uni jamoada qolishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan, ammo Ronaldu unga o‘z qarorini o‘zgartirmasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ronaldu “Yuventus” ustozi Massimiliano Allegriga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan bo‘lajak transfer borasida gaplashgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!