
MMA jangchisi Jeff Monson qachon faoliyatini yakunlashi haqida aytib o‘tdi
Aralash yakkakurashlar jangchisi Jeff Monson faoliyatini 2019 yilda yakunlashini aytib o‘tdi.
- Shuni ta’kidlashim darkorki, 2019 yilning aprel oyida jang o‘tkazishni rejalashtiryapman. Shu qatori, keyingi yilning dekabrida Los-Anjelesda men uchun ohirgi jiu-jitsu bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bundan so‘ng, bolalarni tarbiyalashga bel bog‘layman.
Keyingi hafta Chelyabinskda jarohlik amaliyotini o‘tkazishga majburman. Ushbu muolajadan tiklanish uchun menga ikki oy kerak bo‘ladi, - deya Monsonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 28 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin jangchiga Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini taqdim etdi.
Monson MMAdagi faoliyati davomida 60 g‘alaba, 26 marta imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar