MTJ a’zolari Turkiya yig‘inidan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tishmoqda
Ektor Kuper boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bugun Turkiya yig‘ini oldidan tibbiy tekshiruvdan o‘tishmoqda. Bu haqda O‘Fa matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ertaga esa terma jamoamiz a’zolari Antaliyaga uchib ketishadi. Turkiya yig‘ini 29 dekabrda nihoyasiga etadi.
Eslatib o‘tamiz, bosh jamoamiz ustozi Ektor Kuper mazkur yig‘in uchun terma jamoaga 27 futbolchini jalb etgan edi. Ma’lumot uchun, termamiz BAA yashil maydonlarida o‘tadigan qit’a birinchiliging guruh bosqichida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.



Fikrlar