
"Manchester Yunayted" - "Arsenal" to‘qnashuvida eng ko‘p gol urgan 7 futbolchi
Ayni paytda Angliya chempionat 12-turining markaziy o‘yinida "Manchester Yunayted" va "Arsenal" jamoalari to‘qnash kelishmoqda.
Quyida mazkur jamoalar to‘qnashuvida eng ko‘p gol urgan 7 ta futbolchi haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
4-7. Teddi Sheringem - 4 gol
Sheringem 1998-2001 yillar davomida "Manchester Yunayted" jamoasi libosida 46 ta golga mualliflik qilgan. Teddi ana shu gollarining 4 tasini "Arsenal" bilan o‘yinlarda nishonlagan.
4-7. Krishtianu Ronaldu - 4 gol
Portugaliyalik hujumchi 2003-2009 yillarda "qizil iblislar" safida "kanonirlar" darvozasini to‘rt marta ishg‘ol etgan. Ronaldu umumiy hisobda "MYu" raqiblarini 118 marta ranjitishga muvaffaq bo‘lgan.
4-7. Park Ji Sun - 4 gol
Janubiy Koreyalik yarim himoyachi 2005-2012 yillarda Manchesterliklar uchun 27 ta golga mualliflik qilgan. Pak ana shu gollarining 4 tasini Arsen Venger murabbiylik qilgan jamoa darvozasiga yo‘llagan.
4-7. Freddi Yunberg - 4 gol
Shvetsiyalik vinger 1998-2007 yillar mobaynida "Arsenal" tarkibida 73 ta gol urgan. Yunberg "Manchester Yunayted" bilan o‘yinlarda to‘rt marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar