
Matteo Darmian faoliyatini qaerda davom ettirmoqchiligini aytdi
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Matteo Darmian yana Italiya chempionatiga qaytish istagi borligi haqida aytib o‘tdi.
“A Seriyaga qaytishni juda ham xohlardim. Menda Italiya terma jamoasiga kira olmaslik xavfi bor. Men shubhasiz dunyoning eng kuchli chempionatida to‘p suryapman. Lekin, men ko‘proq maydonga tushishni xohlayman”, - deydi Darmian.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 28 yoshli italiyalik futbolchiga Turinning "Yuventus" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar