Matyuidi: Ronaldu bilan birga o‘ynash ajoyib bo‘lar edi

  • 04.07.2018 18:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Blez Matyuidi “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning “keksa sinora” safiga o‘tishi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

“Ochig‘ini aytsam bu zo‘r ish bo‘lar edi. Ronaldu singari dunyoning eng yaxshi futbolchisi bilan bir jamoada to‘p surish ajoyib. Bu nafaqat “Yuventus” uchun, balki futbolchilar uchun ham ajoyib bo‘lgan bo‘lar edi”, - deydi Matyuidi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ronaldu Turindan o‘ziga uy qidirishni boshlab yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!