Mauritsio Sarri: Villian ketmaydi

  • 12 yanvar, 2019, 07:24
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining ma’lum qilishicha, Villian qishki transfer davomida jamoani tark etmaydi.

Avvalroq “Chelsi” rahbariyati “Barselona” taklifini rad etdi. Kataloniyaliklar Villian uchun Malkom va qo‘shimcha 12 million funt taklif qilgan edi.

“Villian jamoa uchun muhim futbolchi bo‘lgani uchun uning ketishini qo‘llab-quvvatlamayman. Menimcha, u yanada sifatli o‘yin ko‘rsatishga qodir. Shu sababli ham u qishda “Chelsi”ni tark etmaydi”, – dedi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchining “Chelsi” bilan kelishuvi 2020 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Villian APLning 20 o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!