Mbappe uchun kurashga "Yuventus" ham qo‘shildi
Turinning "Yuventus" klubi o‘z safini PSJ hujumchisi Kilyan Mbappe bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "keksa sinora" 20 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun parijliklarga 200 mln evro to‘lashga tayyor. O‘z navbatida ushbu mablag‘ni topish uchun esa o‘zining argentinalik hujumchisi Paulo Dibalani sotmoqchi.
Qayd etish lozimki Mbappe uchun shuningdek Madridning "Real" klubi ham asosiy da’vogar hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Mbappeni 2017 yil "Monako"dan 180 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar