
Messi "Inter"ga o‘tishi mumkin
Milanning "Inter" klubi "Barselona" bilan argentinalik forvard Lionel Messining transferi borasida muzokaralarni boshladi.
La Reppublica nashrining ma’lum qilishicha "neradzurrilar"ga egalik qiluvchi "Suning" kompaniyasi Messini sotib olishni juda ham hoxlamoqda. Buning uchun ular katta mablag‘ ajratishga tayyor.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki Milan shahri Messiga juda ham yoqadi. U dam olish kunlarini aynan shu shaharda o‘tkazishni yaxshi ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Messining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar