
"Milan" Gollandiya termasi a’zosi bilan muzokaralar olib bormoqda
"Bryugge" klubi a’zosi Arno Danjuma faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Football Italia nashrining xabar berishicha, "Milan" klubi 21 yoshli yarim himoyachiga katta qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gollandiyalik xavbek mavsumni "Bryugge" safida yakunlab yozda "rossonerlar" a’zosiga aylanadi. Ushbu ko‘chib o‘tish "Milan" uchun 10 million evroga tushishi mumkin.
Aytib o‘tish joizki, Danjuma chap yarim himoyada yaxshi harakat qila oladigan futbolchi va faoliyati davomida Gollandiya terma jamoasi safida ikki uchrashuvda maydonga tushib, bir marotaba raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
Fikrlar