“Milan” xatosini to‘g‘irlamoqchi
Italiyaning “Milan” klubi bosh murabbiyi Vinchentso Montella Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyangning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda deya xabar bermoqda La La Gazzette delo Sport nashri.
Ushbu manbaning qayd etishicha, italyan grandi gabonlik futbolchini o‘z safida ko‘rish uchun 60 mln evro to‘lashga tayyor. Uning yillik maoshi esa 7,5 mln evroga teng bo‘ladi.
Ilgariroq uning xizmatlariga “PSJ” xamda “Arsenal” jamoalari qiziqish bildigani haqida xabarlar tarqalgan edi. Obameyangning Dortmund klubi bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilda nihoyasiga etadi.

Fikrlar