"Milan" yanvarda "Chelsi" himoyachisini xarid qiladi

  • 18 noyabr, 2018, 13:36
  • 0
  • Futbol

“Milan” klubi qishki transferlar mavsumida “Chelsi” himoyachisi Gari Kexillni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi. Bu futbolchi tez orada London klubini tark etadi, deya xabar beradi Corriere dello Sport.

Manbada yozilishicha, italyan klubi uni himoyadagi qadrlar etishmasligi uchun olib kelmoqchi. So‘nggi vaqtlarda “Milan”ning uch nafar himoyachisi – Alessio Romanoli, Mateo Musakko va Mattia Kaldara jarohat olgan. Eslatib o‘tamiz, Kexillning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2018/19 mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Kexill “Chelsi”da 2012 yildan beri to‘p suradi. Avvalroq u “Bolton Uonderers”, “Sheffild Yunayted”, “Byornli” va “Aston Villa”da o‘ynagan.

Ingliz futbolchisi “Chelsi” asosiy tarkibni Mauritsio Sarri kelganidan keyin yo‘qotgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!