Milinkovich-Savich "Latsio" bilan shartnomasini uzaytiradi
Rimning “Latsio” klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich tez orada jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Sittaceleste nashri xabar bermoqda.
Agar 23 yoshli serbiyalik futbolchi 2023 yilga qadar tuzilgan yangi shartnomani imzolasa, uning yillik maoshi 3,2 million evroga ko‘tariladi. Qolaversa, uning tovon puli 100 million evroga kamaytirilgan.
Ma’lumot uchun, Milinkovich-Savich “Latsio” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.



Fikrlar