Millatlar ligasida markaziy uchrashuv yoxud Angliya bugun Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi

  • 8 sentabr, 2018, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun UEFA Millatlar ligasi musobaqasi doirasida yana bir markaziy bahs bo‘lib o‘tadi. Aniqrog‘i Angliya o‘z maydonida Ispaniyani qabul qiladi.

Tecno

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar

Ispaniya rasmiy uchrashuvlarda Angliya ustidan faqat bir marta – JCh-1950da g‘alaba qozongan.

Angliya terma jamoasi esa o‘z maydonida o‘tgan so‘nggi 11ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. Garet Sautgeyt shogirdlari ularning 7tasida g‘alaba qozonishgan bo‘lishsa, qolgan 4tasida durang qayd etishgan.

Ispaniya terma jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasi naqd 24ta o‘yindan buyon davom etmoqda (asosiy vaqtda).

Angliya Ispaniyani so‘nggi 6ta bahsdan faqat 1tasida mag‘lub eta olgan holos.

Ispaniya esa safardagi bahslarda ketma-ket 13ta o‘yindan buyon yutqazmayapti.

Angliya – Ispaniya

Stadion: "Uembli" (London, Angliya)

Boshlanish vaqti: 23:45

Bosh hakam: Danni Makkeli (Gollandiya)

Taxminiy tarkiblar:

Angliya: Pikford – Uoker, Stouns, Maguayr, Shou, Tripper, Xenderson, Alli, Lingard, Keyn, Reshford.

Ispaniya: De Xea – Karvaxal, Nacho, Ramos, Alonso, Buskets, Alkantara, Saul, Isko, Asensio, Morata.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!