"Monako" bugun Jardimni iste’foga chiqaradi

  • 11.10.2018 11:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Monako" klubi bosh murabbiyi Leonardu Jardim bugun iste’foga chiqariladi. Bu haqda Get French Football News nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra klub rahbariyati mavsum boshidan buyon qoniqarsiz natijalar qayd etib kelayotgan mutaxassisni o‘z lavozimidan ozod etishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, “Monako” Frantsiya chempionatining so‘nggi 3ta bahsida ketma-ket mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa ayni damda musobaqa jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Monako” vakillari ayni damda Belgiya terma jamoas bosh murabbiyi Roberto Martinesga assistentlik qilayotgan frantsiyalik mutaxassis Terri Anri bilan muzokaralar o‘tkazishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!