“Monako” – “Nant” 1:0. Jardim shogirdlari “toza havo”dan nafas olmoqda (Video)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya chempionati 25-turida “Monako” klubi o‘z maydonida “Nant” futbolchilari bilan o‘zaro bahs olib bordi.

Bellashuvning 13-daqiqasida Jelson Martinsh tomonidan kiritilgan gol o‘yinda yagonaligicha qoldi va Leonardo Jardim shogirdlari muhim 3 ochkoni rasmiylashtirdi.

Qayd etish lozim, ochkolari sonini 22 taga etkazib olgan “Monako” turnir jadvalida 16-o‘ringa ko‘tarilib, sentyabr oyidan buyon ilk bor xavfli zonadan chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!