"Monako"ning sobiq ustozini APLga chorlashmoqda

  • 15.12.2018 11:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Monako"dan iste’foga chiqqach ishsiz yurgan Leonardu Jardim faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassisga “Lester”dan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, “tulkilar”ga ayni damda Klod Pyuel ustozlik qilmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa esa APLda 9-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Jardim bundan avvalroq Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubining taklifiga rad javobini bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!