Monchi yana "Sevilya"ga qaytishi mumkin

  • 07.12.2018 21:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Roma" klubi sport direktori Ramon Monchi yana o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan "Sevilya"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.

Uning Rimdagi o‘rnini esa “Roma” va “Milan” klublarida faoliyat olib borgan Massimo Mirabelli egallashi aytilmoqda.

Gap shundaki so‘nggi paytlarda “Roma” kutilgan o‘yin va natijalarni ko‘rsatmayotgani ortidan Monchi ham jiddiy tanqid ostiga olinmoqda va shu sababli ham u jamoadan ketmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Monchining Rimga kelganiga hali u qadar ham ko‘p bo‘lgani yo‘q edi. U bundan 20 oy muqaddam “Sevilya”dan “Roma”ga kelgan edi. Monchi bungacha andalusiyaliklar safida  14 yil faoliyat olib borgan edi.

Ma’lumot uchun, “Roma” ayni damda A Seriyada 20 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!