Mourino: Marsyal agentini emas mening aytganimni qilishi kerak

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
 
 
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning yosh futbolchisi Antoni Marsyal buyuk futbolchiga aylanishi uchun uning aytganini qilishi kerakligini ta’kidladi.
 
- Antonining buyuk futbolchiga aylanishini uchun barcha sharoit yaratilgan, - dedi Joze Mourino. - U mehnat qilsa, zo‘r o‘ynaydi, qulay vaziyat yaratadi va gol uradi. Uning ketishi, mendan noroziligi, agenti "Sevilya"ga joylayotgani haqidagi xabarlar urchib ketdi. Marsyal agentini emas mening gapimga kirishi kerak. Mana Genrix Mxitiryan ham yuqori darajada iqtidorli. Lekin uni tayyor bo‘lmaguncha o‘yinga qo‘ymadim. Agenti menga qo‘ng‘iroq qilib, shunday yo‘l tutishda davom etishimni so‘radi. Hozir Mxitaryan juda zo‘r o‘ynayapti.
 
 
Antoni Marsyal Angliya chempionatida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!