
Munir El-Xaddadi: “Sevilya”ga o‘tishim oson bo‘lmadi
Yaqindagina "Barselona"dan "Sevilya" ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Munir El-Xaddadi ushbu transfer amalga oshirishi juda qiyin bo‘lganini aytdi.
“Oy boshida men “Barselona” bilan shartnomani uzaytirmoqchi emasligimni aytdim, shundan so‘ng rahbariyat Valverdega meni maydonga tushirishni ta’qiqlab qo‘ydi. Bir so‘z bilan aytganda joriy transferlar oynasida “Sevilya”ga ko‘chib o‘tishim oson bo‘lmadi”, - deydi Munir.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi “Barselona” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi.
Fikrlar