
Murod Xolmurodov Polshadagi jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi
Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Murod Xolmurodov trek bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatida Point Race yo‘nalishida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Jahon chempionati 27 fevral – 3 mart kunlari Polshada bo‘lib o‘tadi.
«Velosportda bunday kvotani qo‘lga kiritish oson emas. Yo‘llanmani kechroq olganimizga qaramay, biz yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz va musobaqada yuqori natijaga erishishga harakat qilamiz», – dedi O‘zbekiston velosport federatsiyasi sport direktori Rustam Nurtdinov.
Ayni paytda sportchimiz Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqda.
Fikrlar