Mutaxassislar EChL g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar nomini e’lon qilishdi

  • 07.08.2018 16:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Butun dunyo futbol mutaxassislari yangi mavsum startidan oldin ko‘hna qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasi hisoblangan UEFA Chempionlar ligasida qaysi jamoaning g‘oliblikni qo‘lga kiritish imkoniyatlari yuqoriroq ekanligi haqida o‘z taxminlarini bildirishmoqda.

Unga ko‘ra boshlanajak mavsumda Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” EChL g‘olibligi uchun asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilmoqda. Kuchli uchlikdan esa “Yuventus” va “Barselona” joy olgan. Musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan "Real" esa bu ro‘yxatda 4-o‘rinni egallab turibdi.

1. "Manchester Siti" - koeffitsient 6,50
2. "Yuventus" - 7,00
3. "Barselona" - 7,50
4. "Real" - 8,00
5. "Bavariya" - 8,50
6. PSJ - 9,00
7. "Liverpul" - 13,00
8-9. "Atletiko" - 15,00
8-9. "Manchester Yunayted" - 15,00
10. "Napoli" - 21,00

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!