Mxitaryan sakkizinchi marta Armanistonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (foto)
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Armanistonning 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Armaniston futbol federatsiyasining ma’lum qilishicha, mamlakatdagi jurnalistlar, mahalliy klublar prezidentlari, murabbiylari va sardorlari ishtirok etgan so‘rovnomada aynan 28 yoshli futbolchi birinchi o‘rinni egallagan.

Aytish lozimki, Mxitaryan faoliyati davomida ushbu sovrinni sakkizinchi marta qo‘lga kiritdi.

Fikrlar