Nani faoliyatini vatanida davom ettiradigan bo‘ldi

  • 7 iyul, 2018, 20:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valensiya" klubi yarim himoyachisi Luish Nani faoliyatini Lissabonning "Sporting" klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Record nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli portugaliyalik futbolchi bo‘lajak jamoasi bilan “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzolaydi.

E’tiborlisi, “Valensiya” Nanini “Sporting”ga tekinga qo‘yib yuboradi. Ushbu transfer borasida esa yaqin vaqtlar ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Nani aynan "Sporting" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!